Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh hududda bojxona boshqarmalari rahbarlari almashtirildi

Besh hududda bojxona boshqarmalari rahbarlari almashtirildi

Foto: Xabar.uz

Beshta hududda bojxona boshqarmalari rahbarlari o‘zgardi. 

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan Xojimatov Olimjon Xamidjanovich Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Saliyev Mutalibdjan Obidjonovich Namangan viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i vazifasida xizmat qilib kelayotgan Kazakov Ilxombek Bazarbayevich Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Klichev Maksudbek Raximberganovich Xorazm viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari vazifasida xizmat qilib kelayotgan Muratov Baxtiyor Shavkatovich Andijon viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

Avvalroq, bojxona qo‘mitasi rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lgani xabar berilgandi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring