Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Besh yulduzli mehmonxonada ikki yil tekinga yashagan erkak qo‘lga tushdi

Besh yulduzli mehmonxonada ikki yil tekinga yashagan erkak qo‘lga tushdi

Hindiston politsiyasi firibgarlikda gumon qilinayotgan fuqaro Ankush Duttani tergov qilishni boshladi. U deyarli ikki yil davomida besh yulduzli mehmonxonada ijara haqini to‘lamay yashagan.

Bu haqda mahalliy OAVga asoslanib, «The Guardian» yozmoqda.

Ankush Dutta 2019-yil 30-may kuni Dehlidagi Roseate House mehmonxonasidan xona band qilgan va ertasi kuni chiqishni rejalashtirilgandi. Biroq, u mehmonxonada qolish muddatini 2021-yil 22-yanvargacha, ya’ni 603 kechaga uzaytirishga qaror qilib, 70 ming dollar qarz bo‘lgan. 

«Hisob-kitoblar haqiqiy qarzni yashirish uchun soxtalashtirilgan», deyiladi «Indian Express» gazetasi ma’lumotida. 

Shuningdek, mehmonxona rahbariyati til biriktirganlik, qalbakilashtirish va firibgarlik aybi bilan bir necha xodim ustidan politsiyaga ariza bilan murojaat qilgan. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring