Besh mamlakat BMT Xavfsizlik kengashi a’zoligiga vaqtincha saylandi

BMT Bosh assambleyasining bugun, 9-iyundagi yig‘ilishida 2023-2024-yillar uchun Xavfsizlik kengashining doimiy bo‘lmagan besh a’zosi saylandi.
Saylangan mamlakatlar: Malta, Mozambik, Shveysariya, Ekvador va Yaponiya.
Bu mamlakatlar Xavfsizlik kengashida vakolat muddati 2022-yilning 31-dekabrida nihoyasiga yetadigan Hindiston, Irlandiya, Keniya, Meksika va Norvegiya o‘rnini egallaydi.
BMT Xavfsizlik kengashiga doimiy a’zolar — AQSh, Rossiya, Xitoy, Buyuk Britaniya va Fransiya bilan birga, 2022-2023-yilarda Albaniya, Braziliya, Gabon, Gana va BAA ham kiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter