Berdimuhamedov o‘g‘lini yangi lavozimga tayinladi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov o‘z o‘g‘li Serdar Berdimuhamedovni Bosh vazirning moliya va iqtisod masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinladi.
Kichik Berdimuhamedov bundan buyon Turkmaniston hukumatidagi moliyaviy-iqtisodiy kompleksni boshqaradi.
Shu munosabat bilan u Turkmaniston Oliy nazorat palatasi raisi lavozimidan ozod etildi hamda Turkmaniston xavfsizlik kengashi tarkibidan ham chiqarildi.
Ma’lumot uchun: prezident Gurbanguli Berdimuhammedov bir vaqtning o‘zida Vazirlar Mahkamasi raisi ham hisoblanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter