Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bemorlar soni shiddat bilan o‘sishda davom etmoqda

Bemorlar soni shiddat bilan o‘sishda davom etmoqda

2020-yil 17-iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 15349 (+283) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 93 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 144 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 25 nafari Samarqand viloyatida, 21 nafari Surxondaryo viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 8783 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog‘aygan.

Hozirda mamlakatimizda 6490 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 58 nafari og‘ir, 7 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring