Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bemor ayollarni o‘ldirgan tibbiyot xodimi ustidan sud hukmi o‘qildi – Yaponiya

Bemor ayollarni o‘ldirgan tibbiyot xodimi ustidan sud hukmi o‘qildi – Yaponiya

Foto: «ne-zavisimost.ru»

Yaponiyaning Iokogama shahar sudi 34 yoshli sobiq hamshira Ayumi Kubokini umrbod qamoq jazosiga hukm qildi. Bu haqda mahalliy Livedoor News agentligi yozmoqda.

Sud tibbiyot xodimini bemorlari bo‘lgan uch nafar keksa ayolni qasddan o‘ldirishda aybdor deb topdi. Prokuratura Kubokini qatl qilishni talab qildi, ammo bunday jazo hakamlar hay’ati tomonidan rad etildi. Ayblanuvchining advokati bir umrlik qamoq jazosi yetarli bo‘lishini ta’kidladi, chunki sud jarayonida sobiq hamshira allaqachon ruhan holdan toygan edi.

Qotilga o‘lim jazosi berilmaganining sabablaridan biri tergov davomida Kubokida aniqlangan autitistik spektr buzilishi bo‘ldi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatlar sodir etilgan vaqtda hamshira kasallikdan aziyat chekkan. Ayblanuvchining o‘zi qilmishidan pushaymon bo‘lib, aybini yuvish uchun o‘ziga o‘lim jazosi berilishini so‘ragan.

2016 yilda Iokogama shahridagi Oguti shifoxonasida ishlagan Kuboki uchta keksa bemorning tomchi dorilariga dezinfeksiyalovchi vositasini qo‘shib yuborgan. 78 va 88 yoshli ikki ayol Kuboki tayyorlagan tomchi dorini ularga boshqa bir hamshira yuborgandan so‘ng vafot etgan. Ayol uchinchi qurbonni o‘zi o‘ldirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring