Belgiya qiroli nikohsiz tug‘ilgan qizini tan oldi
Belgiya qiroli Albert II DNK tahlil natijalaridan so‘ng Delfina Boelning biologik otasi ekanligini tan oldi, deya xabar berdi mahalliy «RTBF» teleradiokompaniyasi advokatlar bayonotiga tayanib.
«Qirol Albert II hazrati oliylari Bryussel apellyasiya sudi talabiga binoan o‘zi ishtirok etgan DNK tahlil natijalarini e’tiborga oldi. Ilmiy xulosalar uning Delfina Boel xonimning biologik otasi ekanligini tasdiqladi», — deya qirol advokatlari bayonotini keltiradi teleradiokompaniya.
Biroq qirol «ijtimoiy» otalikni tan olmadi. Uning ta’kidlashicha, Boel tug‘ilganidan beri birorta ham oilaviy ishlarda ishtirok etmagan.
Delfina Boelning onasi baronessa Sibill de Selis Longsham ancha vaqtgacha qizidan otasi kimligini yashirib kelgan. Delfina 18 yoshga to‘lganda onasidan u qirolning nikohsiz tug‘ilgan qizi ekanligini bilib qoldi. O‘sha vaqtda sobiq shahzoda Albert bilan baronessa o‘rtasidagi aloqalar 16 yil davom etgan. Biroq qirol bo‘lgach, Delfinani tan olmagan. Uning qonuniy otasi baronessaning sobiq turmush o‘rtog‘i sanoatchi Jak Boel hisoblanadi. U xotini bilan allaqachon ajrashgan bo‘lib, OAV xabarlariga ko‘ra, Delfinani vasiyatnomasidan chiqarib tashlagan.
Belgiyalik musavvir Delfina Boel qirol Albert II ning otalikni tan olish to‘g‘risidagi Apellyasiya sudi yig‘ilishida
Delfina Boel bilan bog‘liq sud jarayoni 2013-yil iyunda, Albert II amaldagi davlat rahbari sifatida to‘liq immunitetdan foydalangan paytlarda boshlangan. Katta o‘g‘li Filipp foydasiga taxtdan voz kechgandan keyin ham qirollik unvonini saqlab qoldi, biroq qonuniy daxsizligini yo‘qotdi. Qarindoshlik munosabatlari tufayli Boel merosning bir qismiga da’vogarlik qilishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter