Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Belgiya irodali g‘alabaga erishdi

Belgiya irodali g‘alabaga erishdi

Yevropa chempionatining V guruhi 2-tur bahsida Belgiya va Daniya o‘zaro kuch sinashdi.

Uchrashuvda daniyaliklar Yusuf Poulsenning tezkor goli evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo‘limda esa Belgiya Torgan Azar va Kevin de Bryuynening gollari evaziga irodali g‘alabani ilib ketdi.

Daniya — Belgiya 1:2
Gollar:
 Poulsen (2) — T.Azar (52), de Bryuyne (70).

Daniya – Shmeyxel, Vestergor (Skov, 84), Kristensen, Ker, Vass (Larsen, 62), Hyoyberg, Dileyni (Yensen, 72), Damsgor (Kornelius, 72), Mele, Poulsen (Nyorgor, 62), Breytueyt. 

Belgiya – Kurtua, Vertongen, Alderveyreld, Denayer, Mene, Tilemans, Dendonker (Vitsel, 59), T.Azar, Karrasko (E.Azar, 59), Lukaku, Mertens (de Bryuyne, 46).

Ogohlantirishlar: Vass (59), Dasmgor (69), Yensen (81), T.Azar (90+4).

Shu tarzda Belgiya ochkolari sonini 6taga yetkazib, pley-off masalasini hal qildi. Rossiya va Finlyandiyada 3 ochkodan bor. Daniya hali ochko to‘play olmadi. 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring