Belarus Respublikasida prezident saylovlari boshlandi
Belarusda mamlakat prezidenti saylovlarida ovoz berish uchun 5,7 mingdan ziyod saylov uchastklari ochildi. Bu haqda 9-avgust, yakshanba kuni Belarus Markaziy saylov komissiyasi xabar berdi.
«Davlat rahbarini saylashda 5767 ta ovoz berish uchastkasi tashkil etildi, ularning hammasi saylovchilarni qabul qilishga tayyor», — deb yozadi «TASS».
Yana 44 ta saylov uchastkasi dunyoning 36 ta mamlakatida ochiladi. Saylov uchastkalari mahalliy vaqt bilan 08:00 dan 20:00 gacha ochiq bo‘ladi (Toshkent vaqti bilan 10:00 dan 22:00 gacha).
Markaziy saylov komissiyasi beshta nomzodni ro‘yxatga olgan — Andrey Dmitriyev, Anna Kanopatskaya, Aleksandr Lukashenko, Svetlana Tixanovskaya, Sergey Cherechen. Ikkita nomzod — Viktor Babariko va Valeriy Sepkaloni ro‘yxatga olish rad etildi.
Amaldagi prezident Aleksandr Lukashenko 1994-yildan beri mamlakatni boshqarib kelmoqda. Agar u g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, bu uning oltinchi muddatga saylanishi bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter