Bektemir Meliqo‘ziyev Rikardo Luna Floresni nokautga uchratdi
![Bektemir Meliqo‘ziyev Rikardo Luna Floresni nokautga uchratdi](https://static.xabaruz.com/crop/3/3/720_460_95_330663035.jpg)
Professional boksning super o‘rta (76,2 kg) vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan Bektemir Meliqo‘ziyev (2-0, 2 KO) navbatdagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Kaliforniyada o‘tkazilgan jangda o‘zbekistonlik bokschi meksikalik Rikardo Luna Flores (22-7-1, 14 KO) bilan bahslashdi. Jang sakkiz raundga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, birinchi raunddayoq nihoyasiga yetdi.
Bektemir Meliqo‘ziyev Rikardo Luna Floresni qator aniq zarbalar bilan qulatdi. Jang hakami raund yakuniga 56 soniya vaqt qolganida nokaut holatini qayd etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter