Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirokidagi jang muddatidan avval to‘xtatildi

Bektemir Meliqo‘ziyev ishtirokidagi jang muddatidan avval to‘xtatildi

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiquvchi o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev (10-1, 8 KO) AQShda o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi.

Ushbu jangda bosniyalik Sladan Yanyanin (32-12, 24 KO) Bektemirning og‘riqli zarbalariga dosh bera olmadi. Bektemir dastlabki rounddanoq tana qismiga berilgan kuchli zarbasi bilan raqibini nokdaun holatiga tushirdi.

Keyingi raundlarda ustunlik to‘liq hamyurtimiz tomonida bo‘ldi. Uchinchi raundda Bektemirning ketma-ket zarbalaridan keyin referi jangni to‘xtatdi va texnik nokaut qayd etdi.

Bu Meliqo‘ziyevning professional boksdagi 10-g‘alabasi bo‘ldi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring