Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobod soliq boshlig‘i Farg‘ona boshqarmasi boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Bekobod soliq boshlig‘i Farg‘ona boshqarmasi boshlig‘iga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi

Nasimjanov Yunusjon Zohidovich Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Unga birinchi o‘rinbosar etib Kabirov Naim Noyobovich tayinlandi.

N.Kabirov 1969-yilda Toshkent viloyatida tug‘ilgan. 1997-yilda Toshkent davlat universitetini, 2009-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U sohadagi mehnat foliyatini 1993-yilda Toshkent viloyati Oqqo‘rg‘on tumani davlat soliq inspeksiyasi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. Hozirga qadar Toshkent viloyatidagi davlat soliq inspeksiyalarida turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritgan.

N.Kabirov Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari etib tayinlangunga qadar Toshkent viloyati Bekobod shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Farg‘ona soliq tizimida yana bir o‘zgarish – Mamatxanov Maqsud Maxmudovich Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.

M.Mamatxonov 1987-yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda Farg‘ona Davlat universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.

U mehnat faoliyatini 2009-yilda Marg‘ilon shahar Davlat soliq inspeksiyasida Axborot-tizimlari sho‘’basi davlat soliq inspektori lavozimida boshlagan. M.Mamatxonov hozirga qadar viloyat Davlat soliq boshqarmasi hamda Marg‘ilon shahar Davlat soliq inspeksiyasida turli rahbar lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Qo‘qon shahar Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlangunga qadar esa Farg‘ona viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring