Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buxoroda rasmlarini tarqatib yuborish bilan qizga tahdid qilgan «oshiq» ushlandi

Buxoroda rasmlarini tarqatib yuborish bilan qizga tahdid qilgan «oshiq» ushlandi

Qizlarni har doim sergak bo‘lishlikka, millatimizga xos xulq-odobdan yiroq bo‘lmaslikka, yigitlarni esa jo‘mard bo‘lishga chaqirib qolgan bo‘lardik”, – deya voqelik haqida «Xabar.uz» ga ma’lum qildi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Shuhrat Jalolov.

Holatga ko‘ra, Qorako‘l tumanidagi “Xo‘jakon” mahallasida yashovchi 20 yoshli I.A. o‘zining mahalladoshi tengdoshi R.P.bilan uchrashib yurgan. Qiz yigitga ishongan va ishqiy munosabatdagi uchrashuvlar davom etgan.

Oradan ko‘p o‘tmay, I.A. o‘zining beo‘xshov qiliqlari va xatti-harakatlari bilan qizga tahdid qila boshlagan. Avvaliga «sevgilisi»ning bunday munosabatlarini hazil, deb tushungan qiz keyinchalik uning bosim o‘tkazayotganidan tahlikaga tusha boshlagan.

Shunday kunlarning birida I.A. qizning videolarini tarqatish bilan qo‘rqitib, qizdan 1.500.000 so‘m miqdoridagi pullarni talab qilgan.

Agarda aytilgan pullarni bermasa, o‘zida mavjud bo‘lgan behayo va pornografik videolarini tarqatib yuborib, uni sharmanda qilish bilan qo‘rqitgan.  Qizdan 350.000 so‘m miqdoridagi pullarni olishga erishgan. Ko‘p o‘tmay, bu bilan ham kifoyalanmagan va endi qizdan qolgan 800.000 so‘m miqdoridagi pullarni ham berishini talab qila boshlagan.

«Yigitim»dan bunday xurmacha qiliqlar kutmagan edim va unga ishongandim. Mol-mulkim va pulimga tahdid qilib, majburiy-qistov yo‘li bilan mendan pul dalolat qilavergach, huquq-tartibot idoaralariga murojaat qilishga majbur bo‘ldim», – deydi qiz.

I.A. qizdan 800 000 miqdoridagi pullarni olayotgan vaqtda qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan shahar IIO FMB tomonidan fuqaro I.A. ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Ushbu modda bilan jazolanganlar uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring