Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Beeline» kompaniyasi roumingdagi mobil internet narxlarini 90 foizga arzonlashtirdi

«Beeline» kompaniyasi roumingdagi mobil internet narxlarini 90 foizga arzonlashtirdi

Foto: «Beeline»

«Beeline» kompaniyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida roumingdagi mobil internet narxlarini 90 foizdan ortiqqa arzonlashtirdi. Bu haqida kompaniya ma’lumotida xabar qilindi.

— Roumingdagi internet narxining 10 barobar va undan ko‘pga arzonlashgani — ramziy va misli ko‘rilmagan hodisa, — dedi «Unitel» MChJ tashqi aloqalar va kommunikatsiyalar bo‘yicha direktori Oraz Abdurazakov. — Bundan buyon abonentlarimiz xorijiy safarlarda rouming uchun hisoblardan qo‘rqmasliklari va o‘z raqamlarini o‘zgartirmasdan internetdan erkin foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar. Narxlarning keskin pasayishi «Beeline»ning «Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili» dasturi doirasida amalga oshirilgan birinchi qadamlaridan biri bo‘lib, yilning oxiriga qadar mijozlarimiz uchun yanada qulayliklar yaratish uchun biz mobil internet tezligini bir necha marta oshirishni maqsad qilib qo‘yganmiz.

Roumingning tarif doirasi

1 MB uchun, so‘mdagi eski narx

1 MB uchun, so‘mdagi yangi narx

Rossiya

77 590,30 so‘m

6 315 so‘m

MDH

81 042,50 so‘m

6 315 so‘m

Yevropa

98 303,50 so‘m

6 315 so‘m

Osiyo

96 577,40 so‘m

6 315 so‘m

Osiyo-turizm

82 768,60 so‘m

6 315 so‘m

BAA

73 296,10 so‘m

6 315 so‘m

Qolgan mamlakatlar

86 220,80 so‘m

25 260 so‘m

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring