Bedarak yo‘qolgan ikkinchi qiz Andijondan topildi
Toshkent shahar IIBB xodimlari bugun bedarak yo‘qolgani e’lon qilingan 13 yoshli Farangiz Anvarovani topishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, qiz Andijonda, dugonasinikidan bo‘lgan.
«Farangiz ahvoli yaxshi, sog‘-omon. Uning qayerdaligini aniqlash uchun operativ-qidiruv tadbirlari olib borildi. Jumladan, uning barcha do‘stlari, taksi haydovchilari va boshqa o‘nlab insonlar o‘rtasida so‘rov o‘tkazildi. Hademay uni Toshkentga olib kelishadi va onasi bag‘riga qaytariladi», deyiladi IIBB xabarida.
Eslatib o‘tamiz, bugun Toshkent shahar IIBB poytaxtda yashovchi ikki nafar voyaga yetmagan qizning bedarak yo‘qolgani haqida xabar tarqatgandi. Bugunning o‘zida yo‘qolgan qizlarning biri — Diana Mannapova poytaxtning Bektemir tumanidan sog‘-salomat topildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter