Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayrutga yordam: xalqaro donorlar 253 million yevro yig‘ishdi

Bayrutga yordam: xalqaro donorlar 253 million yevro yig‘ishdi

Ekspertlarga ko‘ra, tibbiy yordam, oziq-ovqat ta’minoti va yangi uy-joylar qurish uchun Bayrutga 99 million yevro kerak.

Foto: EPA/UPG

Bayrutdagi vayronkor portlashdan so‘ng, besh kun o‘tib, xalqaro donorlar BMT so‘ragan yordam pulini ortig‘i bilan to‘plashdi.

Donorlar xalqaro anjumani ijtimoiy inqirozdagi Livan uchun 252,7 mln. yevro yig‘di. Bu haqda Fransiya va BMT tashkillashtirgan onlayn anjumanga raislik qilgan Emmanuel Makron atrofidagi manbalarga asoslanib DW xabar berdi.

Ma’lumotga ko‘ra, Livan Fransiya 30 million, Germaniya 20 million moliyaviy ko‘mak ajratadi.

«Livan uchun yordamga shay mamlakatlar ko‘pligidan ta’sirlandim», — dedi Germaniya tashqi ishlar vaziri Xayko Maas o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlasharkan.

AQSh rahbari Donald Tramp ham Bayrutni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi, biroq qancha mablag‘ berishini ochiqlamagan.

Bundan tashqari, Yevropa ittifoqi Livanga 63 mln. yevro yordam puli beradi.

Yuqoridagilardan tashqari, Xalqaro Qizil xoch tashkiloti ham bu yil Livanga 40 million yevro moliyaviy ko‘mak ajratishini ma’lum qilgan.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Bayrutning portlashdan jabr ko‘rgan qariyb 300 ming aholisiga tibbiy va oziq-ovqat ko‘magi ko‘rsatish, yangi uy-joylar tiklash uchun 116,9 million dollar kerak bo‘ladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring