Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayrutda portlashdan keyin tirik qolgan odamlarni qidirish ishlari yakunlandi

Bayrutda portlashdan keyin tirik qolgan odamlarni qidirish ishlari yakunlandi

Foto: «Publizist.ru»

Bayrutda tirik odamlarni qidirish ishlari yakunlandi, boshqa ishlar davom ettirilmoqda, deya xabar berdi «RIA Novosti».

«Qidiruv-qutqaruv ishlari yakunlandi, halokat-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda», — dedi agentlik suhbatdoshi.

Uning fikricha, Livan mudofaa vazirligi vakillari tirik odamlarni topishdan umid qolmaganini rasman e’lon qildi.

4 avgust kuni Bayrut dengiz porti, Livan harbiy dengiz kuchlari bazasi yaqinida dahshatli portlash yuz berdi. Portlash to‘lqini o‘nlab uylarni, avtomobillarni yakson qildi, poytaxtning ko‘pgina dahalarida deraza oynalari to‘kilib ketdi. Mahalliy hukumatning ma’lumotlariga ko‘ra, portlashga 2014-yilda bojxona xizmati tomonidan musodara qilinib, omborda saqlanib kelgan 2750 tonna ammiak selitrasi yonishi sabab bo‘lgan. Portlash natijasida 158 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 6 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring