Bayram kunlariga qadar ob-havo qanday bo‘ladi?
O‘zbekiston bo‘yicha 28-31 avgust va 1 sentyabr kunlariga ob-havo prognozi taqdim etildi.
O‘zbekiston hududi bo‘yicha kecha ob-havoning keskin o‘zgarishi kuzatildi.
Respublika bo‘yicha barcha joylarda yomg‘ir yog‘di, ba’zi joylarda momaqaldiroq va shamolning kuchayishi qayd etildi. Kunduzgi harorat 5-10 darajaga pasaydi.
Ammo yoz hali davom etmoqda. Bugun ertalab respublika hududi bo‘yicha (eng chekka sharqiy hududlardan tashqari) yomg‘ir yog‘ishi to‘xtadi, osmon bulutlardan tozalana boshladi va quyosh nurlari havoni tezda isitdi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida bugun bulutli ob-havo saqlanib turadi, ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi.
Ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq, kam bulutli va iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, havo harorati 29-32 darajagacha ko‘tariladi. Faqat O‘zbekistonning shimoli-g‘arbiy hududlariga nam havoning yangi qismi tarqala boshlaydi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
30 avgustda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda, 31 avgustda kechasi va ertalab Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi.
31 avgustda kunduzi va 1 sentyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 25-30 daraja atrofida bo‘ladi.
29 avgustda shimolda, 30-31 avgust kunlari respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.
Poytaxtimizda: 28 avgust va 29 avgust kunlari havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.
30 avgustda, shuningdek kechasi va ertalab 31 avgustda qisqa mmuddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin.
31 avgustda kunduzi va 1 sentyabrda yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Harorat 28 avgustda 24-26 daraja, 29-31 avgust va 1 sentyabrda 25-30 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter