Bayram kunlari kutilayotgan ob-havo ma’lumoti e’lon qilindi

O‘zbekiston bo‘yicha 2024 yil 8-14 aprel kunlariga ob-havo prognozi taqdim qilindi.
Ertaga 9 aprel kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi va havo harorati 15-20 darajagacha pasayadi. Buxoro, Navoiy viloyatlarida faqat kechasi va ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 15-20 darajagacha pasayadi.
10-11 aprelda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana 22-27 darajagacha, janubda 30 darajagacha ko‘tariladi.
12-14 aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 7-12 daraja, kunduz kunlari 18-23 daraja bo‘ladi. Respublika shimolida yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli kam.
Tog‘li hududlarda 9 va 12-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, baland tog‘larda qor) bo‘ladi. Qor ko‘chishi xavfi saqlanib turadi.
Respublikaning ayrim joylarida shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Poytaxtimizda 9 aprelda ertalab va kunning birinchi yarmida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 16-18 daraja bo‘ladi.
10-11 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 22-24 daraja bo‘ladi.
12 aprelda kunning ikkinchi yarmida va 13-14 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat 18-23 daraja bo‘ladi.
Harorat asosan kechalari 7-12 daraja bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter