Bayram bolalarniki

Bog‘chalarni tez va sifatli qurib bergan quruvchilarga ham minnatdorchilik bildiramiz.
Kattaqo‘rg‘onga tahririyat topshirig‘i bilan borib, ko‘p yaxshi ishlarga guvoh bo‘ldik. Tumanning Jumaboy, Navbahora va Mo‘ndiyon singari uchta mahallasida har biri 50 o‘rinli bolalar bog‘chalari o‘z egalariga topshirildi.
Davlatimiz rahbarining «2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori barcha joylarda bo‘lganidek, Kattaqo‘rg‘on tumanida ham ana shunday ezgu ishlar amalga oshishiga turtki bo‘ldi.
− Tumandagi barcha mahallalarda ana shunday davlat yoki sherikchilik asosidagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasalarini qurib, ishga tushiramiz, − dedi tantanalarda to‘planganlarni yangi muassasa ochilishi va Navro‘z bayrami bilan tabriklagan Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi A’zamxon Bahromov. – Bog‘chalarni tez va sifatli qurib bergan quruvchilarga ham minnatdorchilik bildiramiz. Ular charchashmasin, hali ishlarimiz ko‘p.

− Muhtaram prezidentimiz rahnamoligida jajji nevaralarimizga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik millat kelajagiga bo‘layotgan e’tibordir, − Navbahor mahallasi fuqarosi Samad Rizayev. – Navro‘z kunlari qishlog‘imizda shinam bolalar bog‘chasi ochilgani hammamiz uchun bayram sovg‘asi bo‘ldi.
Karimberdi To‘ramurod, «Xabar.uz»ning maxsus muxbiri,
Shuhrat Qarshiyev, «Kattaqo‘rg‘on tongi» gazetasi bosh muharriri.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter