Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Baydenning yo‘talishi amerikaliklarni qo‘rqitib yubordi (VIDEO)

Baydenning yo‘talishi amerikaliklarni qo‘rqitib yubordi (VIDEO)

Foto: «Thesun.co.uk»

AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Jo Bayden ovoz berish natijalariga bag‘ishlangan nutqi davomida bir necha bor tomog‘ini qirdi. Jurnalistlar va tomoshabinlar demokratning sog‘lig‘idan xavotirga tushib qolishdi, deya xabar berdi «The Daily Mail».

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari, hatto, Bayden yo‘talish uchun nutqini necha marta to‘xtatganini erinmasdan sanab chiqishgan. Buni qarangki, u 14 daqiqada 17 marta tomog‘ini qirgan. Yana bir foydalanuvchi bunday vaziyatda suv ichishni tavsiya qilgan. O‘zini shifokor sifatida tanishtirgan ayol esa demokratning xatosiga e’tiborini qaratgan: u mushtiga yo‘talgan, aslida tirsagining bukilgan joyiga yo‘talish kerak.

NPR kanali siyosiy sharhlovchisi Skott Detrouning ta’kidlashicha, tomoq qirish Bayden uchun odatiy holdir, ammo bu safar oshirib yubordi.

Nima bo‘lganda ham, yangi saylangan prezident o‘zini yaxshi his qilmayotganini shaxsan tan oldi — u shamollab qolgan.

COVID-19 haqida hech qanday gap yo‘q, chunki bir necha kun avval koronavirusga oxirgi testini topshirgan va u manfiy chiqqan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring