Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden ziyofat uyushtirgani uchun tanqid ostida qoldi

Bayden ziyofat uyushtirgani uchun tanqid ostida qoldi

AQSh prezidenti Jo Bayden Isroilda avj olgan mojaro vaqtida Oq uyda bazm tashkil qilgani uchun respublikachilar tomonidan tanqidga uchragan. Bu haqda Fox News xabar berdi.

Ziyofat Oq uy xodimlari va ularning oila a’zolari uchun tashkil etilgan. Hududda barbekyu va jonli konsert tashkil etilgan.

«Hamas amerikaliklarni garovda ushlab turganda, Jo Bayden jonli musiqa bilan bazm qilishni yoqtiradi», — deydi Missuri shtatidan respublikachi senator Josh Xoli.

«Isroil hujumga uchragan paytda Oq uyda barbekyu?» — deydi respublikachi senator Rend Polning tashqi aloqalar bo‘yicha direktori Jimena Barreto.

Eslatib o‘tamiz, 7 oktyabr kuni ertalab Hamas kuchlari Isroil tomon raketa otgani ma’lum qilindi. Raketa hujumlariga javoban Isroil mudofaa kuchlari G‘azoda harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring