Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bayden yaqin orada Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga kelishi mumkin

Bayden yaqin orada Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga kelishi mumkin

Oq uy Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan Markaziy Osiyo va AQSh liderlari ishtirok etgan «C5+1» formatidagi sammitdan so‘ng Jo Baydenning nutqini e’lon qildi.

Qo‘shma Shtatlar prezidenti o‘z nutqida uchrashuvni tarixiy deb ataydi va  tomonlar o‘rtasidagi yaqin hamkorlik – «suverenitet, mustaqillik va hududiy yaxlitlikka bo‘lgan umumiy sadoqatga asoslanishi»ni ta’kidlaydi.

U, shuningdek, Markaziy Osiyo davlatlari hamda AQSh hamkorligi yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilganini qayd etadi.

«Birinchidan, biz terrorizmga qarshi hamkorligimizni mustahkamlayapmiz. Jumladan, AQSh Markaziy Osiyo mintaqasi uchun xavfsizlikni moliyalashtirishni oshirmoqda.

Ikkinchidan, biz mintaqaviy iqtisodiy aloqalarni mustahkamlayapmiz. Masalan, diplomatik aloqalarimizni yana ham rivojlantirish va xususiy sektorlarimizni yaxshiroq bog‘lash uchun yangi biznes platforma yaratyapmiz.

Va biz kelgusi yillarda energiya xavfsizligi va ta’minot zanjirlarini mustahkamlash uchun mineral resurslar bo‘yicha muloqot imkoniyatlarini ham muhokama qilmoqdamiz.

Uchinchidan, biz nogironlar huquqlari bo‘yicha yangi tashabbusni boshlayapmiz.

Men chin yurakdan ushbu uchrashuvning davomini ko‘rishni istayman. Chunki biz birgalikda kuchliroqmiz, aminmanki, agar biz birga bo‘lar ekanmiz, dunyo yanada xavfsiz bo‘ladi», – deydi Qo‘shma Shtatlar lideri.       

Bayden nutqini tez orada o‘zining Markaziy Osiyo davlatlaridan biriga bo‘lajak tashrifiga shama qilib tugatadi.

«Sizlar bilan yaqin orada, ayniqsa, mamlakatlaringizdan birida uchrashishdan umidvorman», – deb o‘z so‘zini yakunlaydi u.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring