Bayden Ukrainaning NATOga qabul qilinishi xavfi haqida gapirdi
AQSh prezidenti Jo Baydenning aytishicha, Ukrainaning urush tugashidan oldin NATOga qabul qilinishi Shimoliy Atlantika alyansi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri to‘qnashuvga tahdid soladi. Bu haqda Amerika OAVlari xabar bermoqda.
Baydenning fikricha, alyansda Ukraina hozir, mojaro yuz berib turgan bir paytda NATOga qabul qilinishi kerakmi yoki yo‘qmi degan masala mavjud.
Uning ta’kidlashicha, agar bu amalga oshadigan bo‘lsa, unda NATO hududining har bir qarichi uchun kurashadi.
«Agar urush bo‘lsa, unda biz hammamiz qatnashamiz. Agar hammasi shunday bo‘lganida, biz Rossiya bilan urush holatida bo‘lardik», — dedi AQSh prezidenti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter