Bayden Putinga nisbatan yana haqoratli so‘z ishlatdi
AQSh prezidenti Jo Bayden Shimoliy Karolinada saylovoldi tashviqoti chog‘ida Rossiya prezidenti Vladimir Putinni «qassob» deb atadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri efir MSNBC telekanali tomonidan YouTube’da namoyish etildi.
«Biz qilishimiz lozim bo‘lgan juda ko‘p muhim ishlar bor, shu jumladan o‘sha qassob Putindan himoya qilish uchun Ukrainaga yordam ajratish», dedi Bayden.
Bu Amerika yetakchisining Putinni birinchi marta haqorat qilishi emas. Fevral oyida u Rossiya prezidentini «crazy SOB», ya’ni «aqldan ozgan ... bolasi» deb atagandi. Kreml buni «AQSh uchun uyatli» hol deb atagandi. Yaqinda u «bandit» so‘zini ham ishlatgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter