«Barselona» kelgusi yilda «Kamp Nou»da o‘ynay olmaydi
Bunga sabab — shu yozdan «Barselona»ning uy stadioni hisoblangan «Kamp Nou»da ta’mirlash ishlari boshlanadi.
Ammo joriy mavsum davomidagi qurilishlar jamoa o‘yinlarini o‘tkazish va tribunaga muxlislar kelishiga to‘liq xalal bermaydi.
Biroq, 2023/2024-yilgi mavsumni kataloniyaliklar Lyuis Kompanias nomidagi «Barselona» olimpiya stadionida o‘tkazadi. Bu haqda klub prezidenti Joan Laporta ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, Lyuis Kompanias stadioni 55 ming muxlisni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi, «Kamp Nou» esa 98 ming muxlisga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter