Shesni: Ter Shtegen qaytsa hech qanday muammo bo‘lmaydi

«Barselona» darvozaboni Voysex Shesni jamoaning asosiy posboni Mark-Andre ter Shtegenning uzoq muddatdan so‘ng safga qaytishi va jamoadagi asosiy darvozabon kim bo‘lishi haqida gapirdi:
«Barselona»ga Ter Shtegenning o‘rniga kelganman. Agar u asosiy tarkibga qaytishga qaror qilsa, menda hech qanday muammo bo‘lmaydi.
Agar bosh murabbiy sardorning qaytishini va darvozaga turishini ma’qul ko‘rsa, bu men uchun normal holat», - deydi «Barsa» darvozaboni.
Ma’lumot uchun, Kataloniya klubi Shesni ishtirok etgan o‘yinlarda umuman mag‘lubiyatga uchramayapti (17 g‘alaba, 3 durang).
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter