Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» futbolchisi boshqa klubga o‘tdi

«Barselona» futbolchisi boshqa klubga o‘tdi

Foto: «segodnya.ua»

«Barselona» klubi yarim himoyachisi Karles Alenya La Liganing boshqa bir jamoasi — «Betis» safiga o‘tdi. Bu haqda Kataloniya klubining rasmiy saytida ma’lum qilindi.

Karles Alenya «Betis» safida mavsum oxiriga qadar ijara asosida to‘p suradi. Kelishuvda futbolchini keyinchalik sotib olish sharti ko‘zda tutilmagan.

«Barsa»ning 21 yoshli tarbiyalanuvchisi asosiy jamoada 2016/17-mavsumda Qirollik kubogi doirasida «Erkules»ga qarshi debyut o‘yinini o‘tkazgandi.

Shundan buyon u asosiy jamoa tarkibida 39ta o‘yin o‘tkazib, uchta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring