Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona»ga jiddiy ayblov qo‘yildi

«Barselona»ga jiddiy ayblov qo‘yildi

«Barselona» klubi Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi sobiq vitse-prezidenti Enrikes Negreyraga pora berganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda El Debate xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, klub mutaxassisga umumiy hisobda 7,5 million yevro to‘lagan. Barselona shahri Tergov sudi rahbari Xoakin Agirre bu to‘lovni jamoa manfaatlarini ilgari surish uchun noqonuniy harakat deb baholadi.

Bu ishda amaldor va «Barselona»dan tashqari Negreyraning o‘g‘li, shuningdek, Kataloniya klubining sobiq prezidentlari Xosep Bartomeu va Sandro Rosel ham ayblanmoqda.

Qayd etilishicha, ayni damda Ispaniya fuqarolik gvardiyasi RFEF sudyalar texnik qo‘mitasi qarorgohida tintuv o‘tkazmoqda.

Aytilishicha, Negreyra hakamlar haqidagi xabarlarni «Barselona»ga yetkazgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring