Barcha xodimlar «Yangi yil» bayramida ketma-ket 4 kun dam olishi mumkin
Prezidentning 2022-yil 23-dekabrdagi «2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi PF-270-son Farmoniga ko‘ra, 30-dekabr — shanba 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilangan.
Demak, shunda Yangi yilda ish haftasining turidan qat’i nazar barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishlari aniq: 30-dekabr — shanba, 31-dekabr — yakshanba, 1-yanvar — dushanba (Yangi yil).
«2024 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi Prezidentning farmoni loyihasiga ko‘ra, 2024-yilda 5-kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun dam olish kunlari quyidagi tartibda ko‘chirilishi mumkin:
6 yanvar — shanba kunidan 2 yanvar — seshanba kuniga. Shunda 2 yanvar seshanba 5 kunliklar uchun dam olish hisoblanib, 6 yanvar — shanba esa ish kuni bo‘ladi.
6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar uchun esa 2 yanvar seshanba qo‘shimcha dam olish kuni sifatida belgilanishi mumkin.
Yana bir bor qaytaramiz, bu farmon loyihasiga ko‘ra. Farmon e’lon qilinsa, barchasi aniq bo‘ladi.
Muhammadamin KARIMJONOV,
TDYuU Mehnat huquqi kafedrasi katta o‘qituvchisi
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter