Tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etiladi — prezident farmoni
Prezident Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasi tasdiqlangani xabar qilingandi.
Konsepsiyaga ko‘ra, 2022 yil 1 martgacha kamida bittadan tumanlararo patrul-post xizmati bo‘linmalari tashkil etiladi.
Farmon bilan shuningdek, 2022–2025 yillarda O‘zbekistonda jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimini rivojlantirish strategiyasi tasdiqlandi.
Strategiyaga ko‘ra, jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida, jumladan, quyidagilarni amalga oshirish nazarda tutilgan:
- yo‘l harakati qoidalarini muntazam qasddan buzuvchilarga transportni boshqarish huquqidan uzoq muddatga mahrum qilishga oid jinoiy javobgarlik kiritiladi;
- har 5 ta mahalla uchun bitta mahalla huquq-tartibot maskani namunaviy loyiha asosida tashkil etiladi;
- «Jinoyat o‘choqlari» bo‘lgan hududlarda tungi vaqtda ichki ishlar organlari va Milliy gvardiya bo‘linmalaridan iborat avtopatrul, otliq va piyoda patrullarning uzluksiz faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter