Smartfon va noutbuklarni Wi-Fi orqali buzish mumkin
Lyoven universiteti olimlari Wi-Fi da ishlovchi istalgan qurilmani buzish mumkinligini aniqlashdi.
Ma’lumki, routerlarda xakerlardan himoyalovchi Wireless Protected Access 2 (WPA-2) texnologiyasi qo‘llaniladi. Biroq uni Key Reinstallation Attacks (KRACK) dasturi bilan buzsa bo‘larkan.
Bu dastur bilan xakerlar qurilmalardagi barcha ma’lumotlar: telefon yozuvlari, parollar, bank kartalari ma’lumotlarini qo‘lga kirita olishadi.
Avvalroq «Intel» protsessorlarida bartaraf etib bo‘lmas jiddiy zaiflik aniqlangandi. Bunda xakerlar maxsus dastur yoki brauzerdagi Java Script kodi vositasida kompyuterda ochilgan ilovalar orqali ma’lumotlarni qo‘lga kiritishi mumkinligi aniqlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter