Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank xizmatlari haqida portal ishga tushirildi

Bank xizmatlari haqida portal ishga tushirildi

Tijorat banklarining xizmatlaridan foydalanishda jismoniy shaxslar o‘zlariga maqbul va foydali moliyaviy xizmatni tanlash bo‘yicha oqilona qaror qabul qilishlari uchun qulayliklar yaratish maqsadida www.bankxizmatlari.uz axborot portali ishga tushirildi.

Portal foydalanuvchilarga tijorat banklari tomonidan jismoniy shaxslar uchun taklif etilayotgan moliyaviy xizmatlar (kreditlar, omonatlar, valyutalarni ayirboshlash, xalqaro pul o‘tkazmalari va boshqa xizmatlar)ni izlash, ular haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lish, shuningdek, moliyaviy xizmatlarni o‘zaro taqqoslash hamda dastlabki hisob-kitoblarni amalga oshirish imkonini beradi.

Ushbu axborot portali notijorat va ijtimoiy loyiha bo‘lib:

  • tijorat banklari moliyaviy xizmatlarining yagona ma’lumotlar bazasini shakllantirish;
  • kunlik eng yaxshi takliflar bilan tanishish;
  • tanlangan shartlarga mos, qulay moliyaviy xizmatlar to‘plamiga ega bo‘lish;
  • iste’molchining vaqtini tejash;
  • moliyaviy xizmatlar ommabopligini va aholining moliyaviy savodxonligini oshirish kabi qator masalalarni hal etishga xizmat qiladi.

Axborot portali test rejimida ishga tushirilayotgan bo‘lib, kelgusida foydalanuvchilardan kelib tushadigan takliflar va e’tirozlar asosida yanada takomillashtirilib boriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring