Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bank filiali boshqaruvchisining sobiq o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Bank filiali boshqaruvchisining sobiq o‘rinbosari qo‘lga tushdi

Andijon viloyati Izboskan tumanida zamonaviy issiqxona qurish uchun ajratilgan kreditni talon-toroj qilish holati aniqlandi. Bu haqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Izboskan tumani bo‘limi tomonidan «Turonbank» ATB Andijon filialining murojaatiga asosan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Unda mazkur filial boshqaruvchisi sobiq o‘rinbosari I.K. va tumandagi «H.» xususiy bog‘dorchilik xo‘jaligi rahbari X.P. zamonaviy energiya tejamkor issiqxona qurish uchun ajratilgan 50 ming dollar imtiyozli kredit mablag‘i evaziga issiqxona qurmasdan, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan. Tekshiruv davomida yetkazilgan zararning 20 ming dollari undirilishi ta’minlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 209-moddasi (mansab soxtakorligi) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalarni qalbakilashtirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring