Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bankir turmush o‘rtog‘i orqali 2 mlrd. so‘m kredit va’da qilgan ayol qo‘lga olindi

Bankir turmush o‘rtog‘i orqali 2 mlrd. so‘m kredit va’da qilgan ayol qo‘lga olindi

Foto:«Xabar.uz»

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston respublikasi boshqarmasi Nukus shahar bo‘limi, prokuratura hamda DXX Qoraqalpog‘iston respublikasi boshqarmasi hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi. 

Unda  tadbirkor ishonchiga kirib, unga ikki milliard so‘m hamda uning opasiga 400 million so‘m kredit mablag‘larini o‘zining aksiyadorlik tijorat bankining Qoraqalpog‘iston filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlovchi turmush o‘rtog‘i orqali olib berishni va’da qilib ushbu xizmat evaziga 5000 AQSh dollar miqdoridagi pulni firibgarlik yo‘li bilan talab qilganligi aniqlangan.

Firibgar va’da evaziga da’vo qilingan pulning 1500 dollarini 2021-yilning 27-mart kuni olib, qolgan 1500 dollarini 30 mart kuni Nukus shahridagi savdo do‘konlarining birida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring