Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bangkok nomi rasman o‘zgartiriladi

Bangkok nomi rasman o‘zgartiriladi

Foto: «Turizm.world»

Tailandning qirollik ilmiy kengashi mamlakat poytaxtining xorijiy rasmiy nomi Bangkokdan Krung-Txep-Maxa-Nakxonga o‘zgartirilishini e’lon qildi.

Krung-Txep-Maxa-Nakxon — Tailand poytaxti tay tilida doim shunday atalgan, Bangkok esa tarixan uning xorijiy nomi sifatida shakllangan.  

Hujjatda ta’kidlanishicha, har ikki nom — Bangkok hamda Krung-Txep-Maxa-Nakxon birdek ishlatilishi mumkin. Bangkokning yangi nomi maxsus qo‘mita tekshiruvidan so‘ng kuchga kiradi.

Ilmiy kengash «mavjud vaziyatni aks ettirish uchun» xalqaro geografik nomlar lug‘atida mamlakatlar, hududlar, ma’muriy zonalar va poytaxtlar nomlanishini yangilagan. Agarda Krung-Txep-Maxa-Nakxon poytaxtning rasmiy xorijiy nomiga aylansa, Bangkok qavas ichida yoziladi. Ayrim boshqa mamlakatlardagi poytaxtlar va geografik nomlarning yozilishi ham o‘zgartirilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring