Bahrom Ashrafxonov yangi vazifaga tayinlandi
O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi etib tayinlangan Bahrom Ashrafxonov mamlakat prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar qildi.
Suhbat chog‘ida Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Bahrom Ashrafxonov 2020 yilning 14 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasining Ozarbayjon Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangandi.
Bungacha esa u Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimida ishlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter