Davlat rahbari Bahodir Jalolovning final jangini qanday tomosha qilganini so‘zlab berdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Olimpiadada ishtirok etgan sportchilarni qabul qildi. Davlat rahbari Ulug‘bek Rashidov va Bahodir Jalolovning final jangini qanday tomosha qilganini so‘zlab berdi.
— Ulug‘bekning final jangini ko‘ra olmadim. Bahodirning jangida ham birinchi raunddan keyin boshqa xonaga chiqib ketdim.
Aslida finaldan bir kun oldin Bahodirga telefon ham qilmoqchi bo‘ldim. Unga dalda berib: «Sening zarbangni bir marta «yegan» kishi bir umr unuta olmaydi», demoqchi edim.
Bahodir Jalolovning g‘alabasiga astoydil ishongandim. U xalqiga, onasiga va’da bergandi. Va’dasining ustidan chiqdi.
Men nima uchun Bahodirga ishongandim? Chunki u mehnat qilishdan to‘xtamadi. Raqiblar juda katta izlanish qildi, o‘zbek bokschisini yengish yo‘llarini qidirishdi. Ammo Bahodir baribir o‘z kuchini ko‘rsata oldi, — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter