Bahodir Jalolov finalda qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etdi
![Bahodir Jalolov finalda qozog‘istonlik bokschini mag‘lub etdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/5/720_460_95_2562634196.jpg)
Tailandda tashkil etilgan boks bo‘yicha Osiyo chempionatida Bahodir Jalolov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi va O‘zbekistonga to‘rtinchi oltin medalni keltirdi.
+91 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov hal qiluvchi bahsda qozog‘istonlik Qamshibek Qo‘nqaboyevga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar ustun keldi.
Shu tariqa Jalolov delegatsiyamiz hisobiga to‘rtinchi oltin medalni yozdirib qo‘ydi. Bunga qadar Nodir Mirzahmedov (-49 kg), Mirazizbek Mirzahalilov (-56 kg) va Bobousmon Baturov (-69 kg) finalda o‘z raqiblarini mag‘lub etish orqali oltin medal sohibi bo‘lishgan edi.
Finalga yo‘l olgan bokschilarimizdan faqatgina Sanjar Tursunov oltin medalni qo‘ldan chiqardi va kumush bilan kifoyalandi. U finalda janubiy koreyalik raqibiga jangni boy berib qo‘ydi.
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatida umumjamoa hisobida ham birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter