Bahodir Jalolov amerikalik «King-Kong» bilan jang qiladi

Hamyurtimiz Bahodir Jalolov (5-0, 5 KO) o‘zining professional boksdagi navbatdagi jangini 10 aprel kuni Nyu-York shahrida o‘tkazadi. Bu safar unga amerikalik Donni Palmer (10-2-9 KO) raqiblik qiladi, deb xabar berdi «Sports.uz».
Ma’lumot uchun, 35 yoshli Donni Palmer katta gabaritli bokschi sanaladi. Uning bo‘yi 208 santimetrni tashkil etadi.
Aslida Bahodir Jalolov ham bo‘ydor (198 santimetr) bokschi, ammo shu holatida ham u bo‘lajak raqibidan 10 santimetrga pastroq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter