Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bag‘doddagi shifoxonada kovid bemorlari fojia qurboniga aylanishdi (video)

Bag‘doddagi shifoxonada kovid bemorlari fojia qurboniga aylanishdi (video)

Foto: «Yandex»

Bag‘doddagi COVID-19 bemorlari davolanayotgan shifoxonada kelib chiqqan yong‘in qurbonlari soni 28 kishiga yetdi, deya xabar bermoqda «Dijlah» telekanali o‘z manbalariga tayanib.

Avvalroq «Sky News Arabiya» ushbu tibbiy muassasada 23 kishining halok bo‘lgani haqida ma’lum qilgandi.

«Al-Xatib shifoxonasida qurbonlar soni 28 kishiga yetdi, 50 nafardan ziyod kishi jabrlangan. Bu raqamlar o‘sishi mumkin», — deydi telekanal suhbatdoshi.

OAV xabarlariga ko‘ra, yong‘in kislorod balonining portlashi va o‘limning aksariyati uglerod oksididan zaharlanish oqibatida kelib chiqqan.

Iroq Bosh vaziri Mustafo al-Qozimiy hodisani o‘rganish paytida bir qator shifoxona rahbarlarini hibsga olishga buyruq berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring