Badavlat ayol milliardlab dollar sabab o‘limga hukm etildi
Vetnamning eng boy ayollaridan biri firibgarlik uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi. U bankdan 12,5 milliard dollar yechib olib, o‘zlashtirishda ayblanmoqda.
Xoshimin shahri sudi 67 yoshli vetnamlik ishbilarmon ayol Truong Mi Lanni 11 yil davomida mamlakatning eng yirik banklaridan birini talon-taroj qilganlikda ayblab, o‘limga hukm qildi.
Yirik Van Thin Phat kompaniyasi rahbari Truong Mi Lan Vetnamda moliyaviy jinoyatlar uchun o‘limga hukm qilingan kam sonli ayollardan biridir.
Firibgarlikning ko‘lami ham misli ko‘rilmagan. Truong Mi Lan Saigon tijorat bankidan 304 trillion VND (taxminan 12,5 milliard dollar) kredit olganlikda aybdor deb topildi.
Biroq, uning harakatlaridan ko‘rilgan jami zarar 27 milliard dollarga baholanmoqda va sud hukmi uni aynan shu summani qaytarishga majbur qilmoqda, garchi ayblov buning iloji yo‘q deb hisoblasa ham.
Taxminlarga ko‘ra, sud Truongni unga bosim o‘tkazish va hech bo‘lmaganda o‘g‘irlangan mulkning bir qismini qaytarishga majburlash uchun o‘limga hukm qilgan.
Truong Mi Lan aybini tan olmadi va uni qo‘l ostidagilarga yukladi. Lanning oila a’zolaridan biri Reuters agentligiga u hukm ustidan shikoyat qilishni rejalashtirayotganini aytdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter