BAAdan Namangan va Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyasi bo‘lgan Flydubai 2022-yil 24-sentyabrdan haftasiga ikki marta Namanganga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirishni boshlaydi.
Namangan xalqaro aeroportiga parvozlar chorshanba va shanba kunlari Dubay xalqaro aeroporti 2-terminalidan amalga oshiriladi.
– O‘zbekiston Flydubai uchun rivojlanayotgan bozorga aylandi va biz Namanganga va kelgusi hafta Samarqandga parvozlar boshlanishi bilan tarmog‘imiz kengayib borayotganidan xursandmiz. Reyslarimizning boshlanishi BAA va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo va madaniy aloqalarni mustahkamlaydi, – deydi Flydubai bosh ijrochi direktori G‘ayt Al-G‘ayt.
Aviakompaniyaning tijorat operatsiyalari va elektron tijorat bo‘yicha katta vitse-prezidenti Jeyxun Afandi esa kelgusida o‘zbekistonliklarni Flydubai tarmog‘ining Jidda, Madina va Mali kabi boshqa nuqtalariga yetkazish bo‘yicha ham xizmatlar rejalashtirilayotganini ma’lum qildi.
Aviakompaniya Markaziy Osiyoning yetti yo‘nalishi bo‘yicha, jumladan, Qozog‘istonning Olmaota va Nur-Sulton, Qirg‘izistonning Bishkek, Tojikistonning Dushanbe, O‘zbekistonning Namangan, Samarqand va Toshkent shaharlariga parvozlarni amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter