BAAda qolib ketgan o‘zbekistonliklar uchun charter reys tashkil etildi

Kecha, 8-may kuni «Uzbekistan Airways» Birlashgan Arab Amirliklaridan Toshkent – Sharja – Toshkent yo‘nalishida HY-3563 / HY-3564 maxsus charter reysini amalga oshirdi.
Barcha yo‘lovchilar Respublika maxsus komissiyasi tomonidan belgilangan tegishli talablarga qat’iy rioya qilgan holda 14 kunlik karantinga joylashtiriladi, deya xabar berdi Tashkent Sky News telegram kanali.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq BAAda qiyin vaziyatga tushib qolgan bir guruh vatandoshlarimiz prezidentga murojaat qilishgandi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 7 may kuni o‘tkazgan videoselektor yig‘ilishida O‘zbekistonga qayta olmagan 11 mingga yaqin xorijdagi vatandoshlarni Rossiya, Turkiya, Dubay va boshqa joylardan olib kelinishini aytgan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter