Aziz Abidov Oliy sud raisining matbuot kotibi etib tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot xizmati rahbari Abidov Aziz Agzamovich O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi va bunda o‘zining avvalgi lavozimini saqlab qoladi.
Lavozimga tayinlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga ko‘ra amalga oshirildi.
A. Abidov 1976-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1998-yilda Toshkent Davlat Universitetining jurnalistika fakultetini xalqaro jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Matbuot xizmatida 2005-yildan faoliyat yuritib keladi.
Oliy sud raisining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Oliy sud matbuot xizmati rahbari sanaladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter