Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Azamat Ziyo nega hayron?

Azamat Ziyo nega hayron?

Foto: «parliament.gov.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, parlament quyi palatasidagi O‘zMTDP fraksiyasi a’zosi Azamat Ziyo kuni kecha poytaxtning Bektemir tumani aholisi bilan ochiq muloqotda bo‘ldi.

Tadbirda qanday muammolar ko‘tarilgani, yechimini kutib yotgan masalalar tafsilotini bayon qilishdan tiyilib, so‘zni deputatning o‘ziga bersak. Negaki, deputatning hayratiga  sabab bo‘lgan masalalarning uning lafzidan eshitishning ta’siri boshqacha baribir.

Demak, Azamat Ziyo:

«Mamlakatimizda aholini, yoshlarni kitobxonlikka o‘rgatish maqsadida qanchadan-qancha qaror va dasturlar qabul qilindi. Ammo men ularning ijrosini Bektemir tumanida ko‘rmayapman. Tumanda birorta kitob do‘koni, hatto gazeta sotadigan shoxobcha bo‘lmasa-ya?! Odamlar ma’naviy ehtiyojini qondirish uchun qachongacha shahar markazi yoki Chorsuga qatnashi kerak?! Nima, Bektemir tumaniga kitob o‘qiydigan, gazeta varaqlaydigan fuqarolar kerak emasmi?!  

Bozor iqtisodi talablari rukach qilinib, buxanka narxi ko‘tarildi. Ammo uning sifatini kim nazorat qiladi? Birinchidan, buxanka belgilangan vaznga ega emas. Ikkinchidan, ertalab olingan nonning sifati kechga borib-bormay buzilyapti. Axir bu nonni ochiqdan-ochiq isrof qilish-ku! Nahot, buxanka pishiruvchi tadbirkorlar nonning uvolidan qo‘rqishmasa?!»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring