Bektemir tumanining to‘rtta sektor rahbarlari ishdan olindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Toshkent shahar Bektemir tumaniga tashrifi ortidan tuman rahbarlari ishdan olindi. Bu haqda «Gazeta.uz» o‘zining hukumatdagi manbalariga tayanib xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, hokim Sh. Mamadjanovga qo‘shilib, tuman prokurori D. Atajanov, IIB boshlig‘i Z. Iminov va DSI rahbari G. Davlatov ham vazifasidan ozod etilgan. Mutasaddilar zimmasidagi vazifalarni lozim darajada ado etishmagani aytilmoqda.
Shuningdek, poytaxtning Yashnabod tumani hokimi X. Tillashayxov ham lavozimidan chetlashtirilgan.
Har ikki tuman hokimi 2018-yilning iyulida lavozimga tayinlangan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter