Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim yoshlar haydovchilik guvohnomasiga bepul o‘qitiladi

Ayrim yoshlar haydovchilik guvohnomasiga bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti va Yoshlar ishlari agentligi rahbarlarining respublikamiz yoshlariga qo‘shma murojaatnomasi tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi mudofaasiga ko‘maklashuvchi «Vatanparvar» tashkiloti Matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Yoshlar ishlari agentligi va «Vatanparvar» tashkilotlari o‘rtasida yoshlar masalalari sohasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolangan.

Shuningdek, joriy yilning 1-aprelidan «Temir daftar» va «Yoshlar daftari»ga kiritilgan muhtoj oilalar farzandlarini «Vatanparvar» tashkilotining o‘quv muassasalarida «VS» toifali haydovchilarni tayyorlash bo‘yicha bepul o‘qitilishi yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring