Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi

Ayrim turdagi xizmatlarni ko‘rsatish vaqtincha to‘xtatiladi

Joriy yilning 14-19 avgust kunlari Davlat xizmatlari markazlari hamda my.gov.uz portali orqali O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan ko‘rsatiladigan quyida belgilangan xizmatlar taqdim etilishi vaqtincha to‘xtatiladi:

  • Farzand tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa pulini olish;
  • Pensiya va nafaqalar miqdori to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
  • Fuqaroning pensiya va nafaqa oluvchilar ro‘yxatida mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish;
  • Dafn marosimlarini o‘tkazish uchun nafaqa pulini olish.

Bu haqda DXM matbuot xizmati ham eslatib o‘tgan. 

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi ma’lumotiga ko‘ra, mazkur ishlarni fuqarolarga pensiya ta’minotiga oid ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda «Pensiya» dastyriy majmuasi faoliyati tezkorligini oshirish maqsadida, dasturni yangi ma’lumotlar saqlash qurilmasiga ko‘chirish uchun amalga oshirish zarur.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring