Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim toifa shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi 

Ayrim toifa shaxslarga benzin uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi 

Hukumat huzuridagi Idoralararo tarif komissiyaning 2023-yil 31-avgustdagi qarori bilan ayrim toifa shaxslar uchun kompensatsiyaning yangi miqdori belgilandi.

Unga ko‘ra, benzin uchun kompensatsiya miqdori 2023-yil 3-chorakdan boshlab 119 640 so‘mni tashkil qiladi.

Kompensatsiya olish huquqiga ega bo‘lgan shaxslar yashash joyi bo‘yicha pensiya va nafaqalar tayinlanadigan organlarga murojaat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur turdagi kompensatsiya miqdori 2023-yil 3-iyuldagi tegishli qaror bilan joriy yil II chorak uchun 116 180 so‘m etib belgilangan edi (bunga qadar mazkur to‘lov miqdori 75 000 so‘mni tashkil etgan).

Ma’lumot uchun, 2006 yil 1 noyabrdan boshlab avtomobil benzini sotib olish bo‘yicha ilgari berilgan imtiyozlar o‘rniga shaxslarning ayrim toifalariga oylik pul kompensatsiyalari to‘lovlari joriy etilgan.

Mazkur toifalarga:

  • urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq;
  • urush faxriylari va ularga tenglashtirilgan shaxslar mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq;
  • mehnatda mayib bo‘lish va kasb kasalligi tufayli I va II guruh nogironlar;
  • I va II guruh bolalikdan nogironlar kiradi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring